Линклар

logo-print

Facebook asoschisi Mark Sukerberg va Twitter asoschisi Jak Dorsey o‘z tarmoqlaridan terror guruhlari¸ xususan¸ IShIDga aloqador sahifalarni ëpishga qaror qilganidan so‘ng¸ ishidchilar tahdidiga nishon bo‘ldi.

Telegram tarmog‘i orqali tarqatilgan 25 daqiqalik videoda ishidchilar Tsukerberg va Dorsey suratlarini o‘q teshib tashlagan holda namoyish qiladi.

“Agar senlar bitta sahifamizni yopsangiz¸ biz o‘rniga o‘ntasini ochamiz. Yaqinda biz saytingizni o‘chirib tashlagandan keyin senlarning nomlaring ham o‘chadi. Tezda bu gaplarimiz haqiqat ekaniga guvoh bo‘lasizlar”¸ deyiladi ishidchilar tarqatgan tahdidli video bayonotda.

Kuzatuvchilarga ko‘ra¸ Facebook va Twitter ishidchilar sahifalarini yopganidan so‘ng terror guruhi o‘z asosiy propagandasini Telegram ijtimoiy tarmog‘iga ko‘chirgan va hozirda bu tarmoqda jahon bo‘ylab 60 milliondan oshiq foydalanuvchi bor.

Joriy oy boshida Twitter 2015 yildan beri terrorchilikni targ‘ib qilib kelgan 125 mingdan oshiq akkauntni to‘xtatganini e’lon qilgan edi.

O‘tgan yil mart oyida Brookings tadqiqot instituti e’lon qilgan hisobotda¸ Twitterda ishichilarga aloqador 46 mingdan oshiq akkaunt borligi aytilgan edi. Mazkur tadqiqotga ko‘ra¸ IShID tarafdorlaridan har beshtasi o‘z asosiy tili sifatida ingliz tilini¸ to‘rttadan uchtasi esa¸ arab tilini tanlagan.

XS
SM
MD
LG