Линклар

logo-print

Afg‘onistondagi Jumbushi Islom harakati yetakchisi Abdulrashid Do‘stim Turkmanistonga tutash Jouzjon viloyatidagi aksilhukumat kuchlariga qarshi harbiy amaliyotlar boshlaganini e’lon qildi.

Shibirg‘on shahriga kelib¸ bu yerda milliy armiya askarlari¸ politsiya va mahalliy mudofaa kuchlari jangchilari bilan uchrashgan general Do‘stim¸ “bu qassoblar¸ qotillar askarlarimizning boshini kesdi. Men bu yerga o‘z tashabbusim bilan o‘ch olish uchun keldim”¸ deya bayonot berdi.

Do‘stimga yaqin manbalarga ko‘ra¸ Darzob¸ Gurzivon va Qo‘shtepa qishloqlarida tolib jangarilari barobarida 400 ga yaqin ishidchilar ham joylashgan va ulardan 50-60 nafari xorijliklardir.

Do‘stim qo‘mondonligi ostida Jouzjon¸ shuningdek Balx va Saripul viloyatlarida 10 mingdan oshiq askar jangarilarga qarshi harbiy amaliyotlarga jalb etilgan.

XS
SM
MD
LG