Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 16:19

Karimov 1 iyulga qadar xorij sarmoyadorlaridan yarim milliard dollar kutmoqda


O‘zbekiston prezidenti imzolagan yangi farmonga ko‘ra¸ mamlakat hukumati joriy yilning 1 iyuliga qadar xorij sarmoyadorlariga O‘zbekistondagi 55 korxona va shirkatning davlatga tegishli 437 million dollarlik aksiyalarini sotishi mumkin.

Mazkur farmon orqali 2015 yilning 5-6 noyabrida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsiya forumi davomida imzolanilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ham tasdiqlandi.

Farmonga ko‘ra¸ ushbu forumda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etildi va unga Moliya vaziri¸ Bosh vazirning 1-o‘rinbosari Rustam Azimov rais etib tayinlandi.

Ushbu komissiya 1 martga qadar forum davomida imzolanilgan kelishuvlar yuzasidan xorijiy investorlar bilan muzokaralarni yakunlashi¸ yoki savdoga qo‘yilgan korxonalardagi davlat aktivlarini boshqa xorij xarixorlariga sotishi kerak bo‘ladi.

2015 yil may oyida O‘zbekiston rahbariyati mamlakatdagi 68 strategik korxona¸ xususan¸ to‘rt bank orasidan davlat aktivlari xorijiy investorlar uchun savdoga qo‘yiladigan shirkatlar ro‘yxatini tasdiqlagan edi.

Joriy yil fevralida hukumat 1 iyulga qadar xorij sarmoyadorlarini jalb etishi lozim deb topilgan 89 aksiyadorlik tashkiloti ro‘yxatini tuzib chiqdi.

XS
SM
MD
LG