Линклар

logo-print

Ostona markazida Amerikaning mashhur McDonald restoranini ochish haqqini sotib olgan qozog‘istonlik tadbirkor Qayrat Bo‘ronboev ochilish marosimining 8 martga belgilanganini e’lon qildi.

Tadbirkorga ko‘ra¸ yangi restoran 206 mijozga mo‘ljallangan va u 200 dan oshiq odamni ish bilan ta’minlaydi. McDonald restorani uchun maxsus qurilgan yangi binoni qurishga 3¸5 million dollar sarflangan.

Nafaqat Qozog‘iston¸ balki Markaziy Osiyodagi birinchi McDonald restoranini ochayotgan Qayrat Bo‘ronboev prezident Nazarboevning qudasi – Bo‘ronboevning qizi Nazarboevning nevarasiga turmushga chiqqan.

Bo‘ronboev menejeri Aleksandr Filippenkoning aytishicha¸ prezidentning qudasi 2019 yil oxiriga qadar Qozog‘iston bo‘ylab 15 ta McDonald restorani ochishni rejalashtirmoqda.

Qozog‘istonning eng yirik shahri Olmaotada birinchi McDonaldning shu yil 1 iyulida ochilishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG