Линклар

Andijon viloyati Jalolquduq tumani Teshiktosh qishlog‘ining Uzunko‘cha mahallasida yashovchi 32 yashar Umida Mo‘minovaga mahalladan haydash bilan tahdid qilinmoqda. Umidaning Ozodlikka aytishicha, bu tahdidlar oilasiga tegishli yer maydonining mahalla yig‘ini tomonidan tortib olinishiga qarshilik ko‘rsatgani ortidan boshlangan.

Umida Mo‘minovaning OzodMikrofonga aytishicha, ikki yildan beri Uzunko‘cha mahalla yig‘ini faollari oilasiga tegishli yer maydonini o‘zlashtirib olishga urinmoqda.

Umida oila mulkini asrab qolish uchun kurashni davom ettirayotgani bois mahalla yig‘ini faollari uchastka nozirlari bilan birgalikda o‘ziga bosim qilayotganini aytadi:

- Teshiktoshni uchastkavoyi bor. Mayor akamiz. O‘sha "Seni ustingdan ariza bor. Hamma qo‘shnilaring dod deyapti sening ustingdan. Davay ko‘chib ketasanmi, yo‘qmi. Hamma qo‘shnilaring qo‘l qo‘ygan" dedi. Bu gapni uchastkavoy ham aytdi. Mahalla komiteti ham aytdi. Keyin men qo‘shnilardan so‘radim. "Iltimos aytinglar, men sizlar bilan urishmadimku. Menga qarshi shunaqa narsa qildinglarmi", desam. Ayrimlariga aldab qo‘l qo‘ydirgan ekan. Ayrimlariga aytmasdan o‘zlari qo‘l qo‘yib olishgan ekan, -deydi Ozodlikka 25 fevral kuni qo‘ng‘iroq qilgan Umida Mo‘minova.

Umida bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Eslatma: “Ozod mikrofon” rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG