Линклар

OzodNazarning bugungi eksperti – Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatining sobiq yuristi, toshkentlik huquqshunos Gulnora Oqilova O‘zbekiston bilan bog‘liq uch mavzuda o‘z nuqtai-nazarini bildirdi.

Bulardan biri mamlakat qamoqxonalari va sud tizimida qiynoqlar hamon keng qo‘llanilayotgani haqida Amnesty International tashkiloti hisobotidir.

Yana bir masala hukumatning mamlakatga xorijdan borayotgan kurьerlik jo‘natmalarini kuch-ishlatar tuzilmalari tezkor-qidiruv bo‘linmalari xodimlarining tekshirishiga ruxsat berishga qaror qilganidir.

Uchinchi mavzu esa GOBankingRates xalqaro agentligi hisobotida O‘zbekiston dunyoning yashash nisbatan arzon mamlakatlardan biri, deb topilganidir. 112 mamlakat nomi tilga olingan bu ro‘yxatda O‘zbekiston 69-o‘ringa qo‘yildi.

Xususan so‘nggi reyting xususida so‘zlay turib, Gulnora Oqilova, O‘zbekistonni yashash yildan-yilga qimmatlab borayotgan mamlakat, deb bilishi va mamlakatdagi vaziyatning o‘zgarishi uchun, eng avvalo, boshqaruv tizimi - vazirliklardagi kattalar o‘zgarishi zarur, deb bilishini ta’kidladi.

Quyida Gulnora Oqilovaning OzodNazarini tinglang:

XS
SM
MD
LG