Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:28

Rus muxolifatchisi Navalniyga tort bilan hujum qilishdi


Rus muxolifati liderlaridan biri Aleksey Navalniy Moskvada o‘zi asos solgan antikorruptsiya jamg‘armasi ofisiga kirib ketayotganida noma’lum shaxslar unga ikki tort uloqtirganini bildirdi. Oy boshidan beri muxolifatchi bir necha marta hujumga uchradi.

Navalniy hujumdan keyin yuzi va yelkalari tortga belangan holda ofis ishchilari bilan tushgan suratini tarqatdi. Muxolifatchi bu hujum korrupsiyaga qarshi kurashayotgani uchun undan yosh bolalarga xos metod bilan qasos olishganini aytdi. Navalniyga ko‘ra, hujum ortida Rossiya rasmiylari turgan. Muxolifatchi rasmiylar shu darajada past ketgani uchun ularning ustidan kuldi.

Navalniy Instagramda “Tabiiyki, bu hokimiyatning reytingi shunchalik balandki, Putin bilan Medvedev tort irg‘itishni muxolifatning da’volariga yagona e’tiroz o‘laroq ko‘rishadi”, deb yozdi.

Navalniy mamlakatdagi ommaviy muzokaralar darajasi haqida istehzo bilan so‘zlar ekan, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi faollar bilan Rossiya rasmiylari o‘rtasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan xayoliy suhbatga misol keltirdi:

Nega bir milliard o‘g‘irladingiz?

- Mana, basharangga tort, ha-ha-ha! Qarang, tortga ko‘milib qoldi, ha-ha-ha!

Hujumni kim uyushtrigani hozircha noma’lum. Navalniyning hamkori, yana bir muxolifatchi Leonid Volkovning aytishicha, hujum qilganlar tezda berkingan.

Keyingi paytda Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov bilan Rossiya muxolifati o‘rtasidagi so‘z jangi avj olib kelmoqda. Qodirov muxolifatchilarni “sotqin” va “xalq dushmani” deb ataydi.

Navalniyga qilingan hujum mazkur oyda shirinlik yordamida amalga oshirilgan ikkinchi hujumidir.

9 fevral oqshomida Rossiyaning sobiq bosh vaziri va hozirda muxolifat lideri bo‘lgan Mixail Kasyanovga ham hujum uyushtirilgandi. O‘sha kuni u ovqatlanib o‘tirgan restoranga bir necha kishi kirib, avval muxolifatchiga tahdid qilgan, keyin esa unga tort uloqtirgan.

Hujumdan bir oz avval Qodirov Kasyanov qurol mo‘ljali o‘laroq tasvirlangan videoni o‘z Isntagram sahifasida qoldirgan edi. Shu sabab Kasyanovni qo‘llovchilar tortni chechenistonliklar uloqtirganini taxmin qilishdi.

O‘tgan yilning 27 fevralida muxolifatchi Boris Nemsov Kreml yaqinidagi ko‘prik ustida otib o‘ldirilgan edi. Ushbu jinoyat yuzasidan besh chechen qo‘lga olingan.

Navalniy Twitterda tort hujumi haqida “Boshimni ham, soqolimni ham sovun bilan yuvdim. Mendan haliyam vanilla,qaymoq va boshqa shirinliklar hidi kelyapti. Ishlab bo‘lmayapti”, deb yozdi.

XS
SM
MD
LG