Линклар

Samarqand, Termiz va Nukusda fevral oyida 52 yil avval kuzatilgan ob-havo rekordi yangilandi.

O‘zgidrometning bildirishicha, 24 fevral kuni Samarqandda 25,7, Nukusda 26,4, Termizda 27,5 daraja issiq bo‘lgan. So‘nggi marta 24 fevralda bunday issiq ob-havo 1963 yilda kuzatilgan edi.

Seshanba kuni mutaxasislar Toshkent tarixida 22 fevral so‘nggi 110 yil ichidagi eng iliq kun bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Bu kuni havo harorati 23,4 gradusni tashkil qildi. Bu esa bir asr ichida 22 fevralda kuzatilgan eng maksimal temperaturadir.

Mutaxasislarning aytishlaricha, bundan avvalgi rekord 1895 yilning 22 fevralida kuzatilgan. O‘shanda havo harorati 22,9 gradusgacha isigan.

XS
SM
MD
LG