Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:47

O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr uzatish qayta tiklandi


O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr uzatish bir oylik tanaffusdan so‘ng qayta tiklandi. Bu haqda payshanba kuni O‘zbekistondagi axborot agentliklari xabar berdi.

Xabarlarda aytilishicha, Afg‘oniston energetiklari Tolibon janggarilari tomonidan portlatilgan tarmoqni tiklashga muvaffaq bo‘lgan va dushanba kunidan boshlab poytaxt Kobulga o‘zbek elektr energiyasi berila boshlandi.

27 yanvar kuni Afg‘onistonning Bag‘lon viloyatida Tolibon janggarilari O‘zbekistondan o‘tuvchi elektr tarmog‘ini portlatishi oqibatida poytaxt Kobul va Afg‘onistonning bir qator viloyatlari aholsi elektrsiz qolgan edi. Kobul shahrining teng yarmi o‘zbek elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

XS
SM
MD
LG