Линклар

Vashingtonda 23 fevral kuni O‘zbekiston va AQSh vakillari Pentagonda uchrashib, xavfsizlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda “Amerika ovozi” radiosi xabar berdi.

Radioning bildirishicha, bir kunlik uchrashuv har doimgidek yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan.

Pentagon matbuot kotibi Kristofer Shervud “Amerika ovozi”ga bergan intervyusida, uchrashuvda tomonlar Markaziy Osiyodagi xavfsizlik hamda Qurolli kuchlarni tayyorlash sifatini yaxshilash masalalarini muhokama qilganini bildirdi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i, general-leytenant Shavkat Normatov rahbarlik qilgan. Amerika tomonidan uchrashuvda AQSh Mudofaa vazirligining Osiyo va Tinch Okeanidagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori martabali amaldori Devid Shayer ishtirok etgan.

O‘tgan yili AQSh O‘zbekistonga 300 bronetronsporter va boshqa harbiy texnikani taqdim qilgan edi.

XS
SM
MD
LG