Линклар

NATOning Yevropadagi kuchlari qo‘mondoni general Filip Bridlav Rossiya G‘arbning dushmani bo‘lishga qaror qilgani va u AQSh hamda uning ittifoqchilari uchun “ekzistensial tahdid” solayotganini aytdi.

Payshanba kuni AQSh Kongerssida chiqish qilgan Bridlav “Rossiya qabul qilingan xalqaro tartib-qoidalarni qayta yozishga urinayotgani”ni ta’kidladi.

Qo‘shma Shtatlari mudofaa vaziri Esh Karter esa Kongressda Rossiyani o‘z qo‘shnilarini qo‘rqitayotganlikda aybladi.

Bridlav 2014 yilda Rossiya Qrimni annektsiya qilganidan so‘ng Moskvaning ashaddiy tanqidchisiga aylangan.

Rossiya bir necha marotaba AQSh va NATOning bu kabi ayblovlari asossiz ekanini bildirgan.

XS
SM
MD
LG