Линклар

logo-print

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Barak Obama Rossiyani “dunyo 27 fevraldan boshlab kuchga kiradigan Suriyadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish bitimi qanday bajarilayotganini kuzatib boradi”, deb ogohlantirdi.

25 fevral kuni xavfsizlik masalalalri bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashgan Obama Suriya bo‘yicha sulh bitimini Rossiya uchun “sinov”, deb atadi. Rossiya bu sinovda besh yil davom etayotgan urushni to‘xtatishdan manfaatdor yoki manfaatdor emasligini ko‘rsatishi kerak.

Obama IShID, Al Qoida, an Nusra jabhasi kabi terrorchi tashkilotlarga nisbatan harbiy harakatlar davom ettirilishini, ularning sulh bitimi shartlariga aloqasi yo‘qligini aytdi.

Obamaga ko‘ra, AQSh harbiylariga IShIDni barcha jabhalarda, jumladan, Liviyada ham ayovsiz yo‘q qilish ko‘rsatmasi berilgan. AQSh prezidenti IShIDga qarshi harbiy amaliyotlar natijasida mazkur terrorchi tashkilot Iroqda bosib olgan hududlarning yarmidan ko‘prog‘i ozod qilinganini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG