Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:59

O‘zbekiston paxtasidan tayyorlangan mahsulotlar AQShga kiritilmasligi mumkin


O‘zbekiston paxtasidan tayyorlangan mahsulotlarning AQShga olib kirilishi taqiqlanishi mumkin. Prezident Barak Obama 24 fevral kuni majburiy mehnat va bolalar mehnatidan foydalanilgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni AQShga olib kirishga imkon berib kelgan qonunchilikdagi kamchiliklarni bartaraf etdi.

Qo‘shma Shtatlar qonunchiligida so‘nggi 84 yil davomida, agar talab taklifdan ko‘proq bo‘lsa, istisno tariqasida qullar, majburan mehnatga jalb etilganlar, jumladan, bolalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni imort qilishga ruxsat berilgan edi.

Prezident Barak Obama imzolagan yangi qonun ortidan bu istisno ikki haftadan so‘ng butunlay yo‘q qilinadi va qullar, majburan mehnatga jalb etilganlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar AQShda noqonuniy deb topiladi.

Mazkur qonun Kongressga o‘tgan yili huquq faollari majburiy mehnat va bolalarni mehnatiga qattiq e’tibor qaratganidan so‘ng ishlab chiqilgan edi.

Biroq hozircha Qo‘shma Shtatlar bojxonasi huquq faollari majburiy mehnat mahsuli deb hisoblaydigan O‘zbekiston paxtasidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qanday munosabatda bo‘lishi noaniq qolmoqda.

O‘zbekistondagi majburiy mehnatga qarshi kurashib kelayotgan “Paxta kampaniyasi” xalqaro tashkilotining adliya maslahatchisi Brayn Kempbell Ozod Yevropa- Ozodlik radiosiga bergan suhbatida, Obama imzolagan qonun so‘zsiz tarzda o‘zbek paxtasidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ham taaluqli bo‘ladi, deb hisoblashini aytdi.

Mazkur qonun qabul qilinishidan oldin ham AQShga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta mahsulotlari kiritilmay qo‘yilgani ma’lum. Masalan, 2014 yil mart oyida “Indorama Kokand Textile” O‘zbekiston-Indoneziya qo‘shma korxonasidan 2013 yil sentyabr oyida AQShga jo‘natilgan 22 tonna kalava ip Los Anjeles portida to‘xtatib qolingan.

Sport kiyimlari ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadigan dunyoga mashxur Adidas shirkati O‘zbekistonda bolalar va majburiy mehnat evaziga yetishtirilgan paxtadan foydalanishga chek qo‘yish yo‘lidagi urinishga yetakchilik qilgan edi.

2013-2014 yillar davomida dunyoning 153 ta chakana savdo shirkati O‘zbekiston paxtasidan tayyorlangan mahsulotlardan voz kechgan. Shundan so‘ng O‘zbekiston hukumati paxtazorlarda bolalar mehnatidan voz kechishga majbur bo‘lgan va maktab o‘quvchilarini paxta terimiga jalb qilishni taqiqlagan edi. Biroq katta yoshdagi aholi, ayniqsa byudjetdan oylik olib ishlovchi ishchi-xizmatchilar va talabalar majburiy tarzda O‘zbekiston paxtasining asosiy teruvchilari bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekistonda yiliga uch million tonnadan ko‘proq paxta etishtiriladi. Mahalliy va xalqaro huquq faollari o‘zbek paxtasini yetishtirishda hukumat fuqarolarni majburiy mehnatga jalb qilishini ta’kidlab keladilar.

BMTningXalqaro mehnat tashkiloti dunyoda yil sayin 21 million odam majburiy mehnatga jalb qilinishi haqida bildirgan. BMTning hisob-kitobiga ko‘ra, majburiy mehnatga jalb qilingan odamlarning peshona teridan majburiy mehnat mavjud bo‘lgan davlatlardagi shirkatlar yiliga 150 milliard dollar miqdorida noqonuniy foyda ko‘radi.

XS
SM
MD
LG