Линклар

Eron Oliy ruhoniysi Oyatulloh Ali Xomanaiy eronliklarni saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi:

- Men xalqimizga ertaroq ovoz berishga kelishlarini taklif qilaman. Ular o‘z nomzodlarini oqilona tanlashlari lozim. Saylovchilarning katta ko‘lamdagi ishtiroki dushmanlarimiz hafsalasini pir qiladi, dedi saylovda o‘z ovozini berib chiqqach Xomanaiy.

Erondagi joriy saylovlar Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha G‘arb sanksiyalarining bekor qilinganidan so‘ng ilk bor o‘tkazilayotgan saylovlardir.

Ovoz berish jarayoni prezident Hasan Ruhoniyga ishonch darajasini namoyon qilishi lozim. Ruhoniy oddiy eronliklar uchun iqtisodiy foydali bo‘lgan yangi kelishuvni qo‘llashi xabar qilingan edi.

Saylovlar arafasida Ruhoniyni qo‘llovchi islohotchilar va sentristlar “Umid ro‘yxati” deb nomlanuvchi bitta ittifoqqa birlashdi.

Eronliklar parlamentga 290 deputatni va ekspertlar kengashiga 88 a’zoni saylashlari lozim.

Parlamentdagi 5ta o‘rin milliy ozchilik vakillariga ajratilgan. 285 o‘ringa 196ta saylov okrugidan 6000 nomzod da’vogarlik qilayapti.

Eksperlar kengashidagi 88 o‘rin uchun 801 nomzod kurash olib borayapti.

Saylovda 55 million eronlik ovoz berish huquqiga ega.

XS
SM
MD
LG