Линклар

logo-print

Damashqqa deportatsiya qilish uchun Moskvaga keltirilgan uch nafar suriyalik Maxachqa’laga qayta jo‘natildi. Bu haqda "Fuqaroviy ko‘mak" jamg‘armasi xabar qildi.

Aleppodan qochib kelgan Zakariy Barri Abdalmuem, Drubi Xeysam va Uafan Saxa Eddin 24 fevral kuni Maxachqa’ladan keltirilgan edi.

Juma kuni ertalab ular Vnukovo aeroportidan Dog‘istonga jo‘natilgan.

"Fuqaroviy ko‘mak" suriyalik uch qochqinning ozod qilinishi va ularga qochqinlik maqomi berilishiga erishish uchun harakat qilayapti.

Suriyalik bu qochqinlarning Yevropa inson huquqlari bo‘yicha sudiga murojaatidan so‘ng ularning deportatsiyasi to‘xtatilgani aytilayapti.

XS
SM
MD
LG