Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 00:46

Toshkentga majburan qo‘ngan Rossiya uchog‘i bo‘yicha tekshiruv boshlandi


Bugun tonggi soat 05:38da Rossiyaning AZUR air aviakompaniyasiga qarashli Boeing-767-300 samolyoti Toshkentga favqulodda holatda qo‘ndi.

Bu haqda ma’lum qilgan Rossiyaning G‘arbiy-Sibir transport prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, samolyot Moskvadan Pxuketga uchayotgan bo‘lgan.

Samolyot bortida 327 yo‘lovchi va o‘nga yaqin ekipaj a’zolari bo‘lgan. Ularga qo‘nish payti biror zarar yetmagan.

Samolyotning majburan qo‘nishi bo‘yicha tekshiruv boshlangan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, uchqich dvigatelidagi moy miqdori keskin pastga tushib ketgach, samoyoltni favqulodda Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndirishga majbur bo‘lishgan.

AZUR air Toshkentda qolayotgan yo‘lovchilarni olib ketish uchun ikkita Boeing-757-300 samolyoti jo‘natishni rejalashtirayapti.

XS
SM
MD
LG