Линклар

Toshkentda qizlarni aldov yo‘li bilan Turkiyaga fohishalikka jo‘natish bilan shug‘ullanib kelgan ayol qo‘lga olindi.

Mahalliy matbuotning huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, xabar qilishicha, poytaxtning Yashnobod tumanida yashovchi M. Boborahimova degan ayol Toshkent xalqaro aeroportida hibsga olingan.

Boborahimova necha qizni aldab, fohishalikka jalb qilgani ochiqlanmagan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi, ya’ni odam savdosi bilan shug‘ullanganlik ayblovi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

XS
SM
MD
LG