Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:03

O‘zbekiston Zika virusiga qarshi kurashni kuchaytirdi


O‘zbekiston hukumati Zika virusining mamlakatga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida chegara punktlarida nazoratni kuzaytirdi.

“Xalq so‘zi” gazetasining yozishicha, O‘zbekistonning barcha aeroportlari, temir yo‘l vokzallari va bojxona o‘tish postlarida Zika virusini aniqlash maqsadida maxsus uskuna (teplovizor)lar o‘rnatilgan.

O‘zbekiston sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi mamlakat hududida Zika virusi aniqlangan holat bo‘lmaganini ta’kidlagan.

Zika virusi katta tezlik bilan butun dunyo bo‘ylab, ayniqsa, Janubiy Amerikada tarqalmoqda. Virus engil kasallikka chalintirsada, mikrotsefaliya deb ataluvchi tug‘ma kasallik bilan bog‘liq bo‘lgani sabab global miqyosda xavotirlarga sabab bo‘lmoqda.

Zika virusi minglab bolalarning rivojlanmay qolgan miya bilan tug‘ilishlariga sabab bo‘lgani aytiladi. Hozircha unga qarshi vaksina ishlab chiqilmagan.

Zika virusi Edes chivinining chaqishi bilan yuqadi. Bu chivin esa Amerika qit’asining bir qator mamlakatlarida mavjud.

XS
SM
MD
LG