Линклар

logo-print

Rossiya turizm industriyasi uyushmasi matbuot kotibi Irina Tyurinaga ko‘ra, turlarga ehtiyojning keskin pasayib ketishi iqtisodiy bo‘hron va siësiy vaziyat oqibati bo‘lib, rossiyaliklar chet elga chiqib dam olib kelishning arzon yo‘llarini izlamoqda.

Ayni paytda bu O‘zbekiston turizm sanoati uchun yangi imkoniyatlar ochish ehtimolini yaratadi.

O‘zbekiston Rossiya turistlari uchun Turkiya va Misr o‘rnini bosa oladimi¸ degan savol javobini Ozodlikning Qurultoy dasturida qidirdik.

Chet mamlakatlarda dam olishni uyushtiruvchi kompaniyalar faoliyatiga iqtisodiy bo‘hrondan tashqari Rossiya rahbariyati keyingi paytlarda qabul qilgan qarorlar ham ta’sir qilmoqda.

Misrning Sinay yarim orolida Rossiyaga qarashli yo‘lovchi samolyot urib tushirilganidan so‘ng Misrga hamda Rossisning harbiy uchog‘i Turkiya tomonidan urib tushirilganidan so‘ng Turkiyaga sayohatlarni Kreml cheklab qo‘ydi.

Qurultoy ishtirokchilari “O‘zbekistonda turizm sohasi haminqadar ahvolda bo‘lgani bois sayyohlar oqimi yildan-yilga kamayib borayotgani va bu tizim jozibador emasligini” ta’kidlashdi.

Shu bilan birga dasturda “O‘zbekistonda sayyohlar ko‘radigan joylar juda ko‘p, ya’ni potensial kattaligi“ haqidagi fikrlar ham aytishdi.

“O‘zbekturizm” ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda O‘zbekistonga 160mingga yaqin sayyoh kelgan. Sayyohlik sohasi mutaxassislari fikricha, tarixiy obidalarga boy O‘zbekistondek mamlakat uchun bu juda kichik raqamdir.

Solishtirish uchun, Fransiyani yiliga 85 million nafar xorijlik sayyoh ziyorat qiladi. Bu sayyohlar o‘z tashrifi davomida Fransiyaga 60 milliard AQSh dollari miqdorida pul tashlab ketishadi.

XS
SM
MD
LG