Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:03

Azur Air o‘z uchog‘ining Toshkentga favqulodda qo‘ngani yuzasidan izoh berdi


Rossiyaning Azur Air aviashirkatining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rahbari Anastasiya Matyushina Boeing 757-200 ekipaji 26 fevral kuni uchoqni Toshkentga qo‘ndirib, to‘g‘ri qaror berganini ta’kidladi.

Matyushinaning Interfaks agentligiga aytishicha, reysdagi 327 yo‘lovchi juma kuni boshqa uchoqlarda Pxuketga yetkazilgan.

Ularga Toshkent aeroportida yegulik va ichimliklar berilgan.

Moskva-Pxuket yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan Rossiya yo‘lovchi uchog‘i juma kuni ertalab dvigatelda moyning kamayib ketganidan ogohlantiruvchi datchik ishlab ketishi ortidan Toshkentga favqulodda qo‘ndirilgan edi.

Hozirda Rossiyaning Yenisey transport prokuraturasi ushbu xolat yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

XS
SM
MD
LG