Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:03

Afg‘oniston janubida ro‘y bergan portlashda o‘ndan ziyod odam halok bo‘ldi


Afg‘onistonning Pokistonga chegaradosh Qunar viloyatida bugun ro‘y bergan portlashdan kamida 10 odam halok bo‘ldi.

Hudkush hujumchi mototsiklda Asadoboddagi shahar ma’muriyati oldiga kelib, bombani harakatga keltirgan.

Portlash oqibatida qirqdan ortiq odam yaralandi. Jabrlanganlarni ko‘pchiligi tinch aholi vakillaridir.

Hozircha portlashga hech bir guruh mas’uliyatni zimmasiga olgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG