Линклар

AQShda Nyu Jersi shtati gubernatori Kris Kristi Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurash olib borayotgan milliarder Donald Trampni qo‘llab chiqdi.

Kristi va Tramp saylov poygasida respublikachilar orasida asosiy raqiblar edi.

Ikki hafta oldin Kris Kristi nomzodlik uchun kurashni to‘xtatganini bildirgandi.

Hozirda Donald Tramp respublikachilardan nomzodlik uchun kurash olib borayotgan siyosatchilar orasida etakchilik qilmoqda.

Oldinda nomzodlarni 1 mart kuni bir vaqtni o‘zida 10 ta shtatda o‘tkaziladigan "superseshanba" deb ataluvchi dastlabki saylovlar kutmoqda.

XS
SM
MD
LG