Линклар

O‘tgan hafta vaqtincha hibsga olingan Toshkent viloyatining sobiq hokimi 59 yashar Ahmad Usmonovga ayblov e’lon qilindi. Usmonov¸ uning ustidan ochilgan jinoiy ish tergovi davomida qamoqda saqlanadigan bo‘ldi.

Ozodlikning huquq-tartibot organlaridagi manbasi va sobiq hukumat mulozimining aytishicha¸ Usmonovga “xizmat vakolatini suiiste’mol qilganlik, kadrlar tanlashda tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yganlik va poraxo‘rlik" kabi qator ayblar qo‘yilgan:

- Guvoh sifatida vaqtincha hibsga olingan Ahmad Usmonovga ayblov e’lon qilindi. U oldiniga 72 soat vaqtincha hibsga olingan edi. Endi esa tegov tugab sud bo‘lgunga qadar extiyot sharti sifatida bir kishilik kamerada o‘tiradi. Endi u ayblaanuvchiga aylandi¸ dedi Ozodlikning huquq-tartibot organlaridagi manbasi.

Ozodlikning huquq-tartibot organlaridagi yana bir manbasining aytishicha¸o‘tgan hafta hibsga olingan Usmonov Toshkentdagi MXX yerto‘lasida so‘roq qilinmoqda.

Manbaga ko‘ra¸ sobiq hokim “Gvardeyskiy ko‘chasidagi podvalda so‘roq bermoqda va so‘roqni MXXning iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha tergovchilari olib boryapti”.

Sobiq hokim ustidan borayotgan tergovdan xabardor o‘zbekistonlik sobiq mulozimning Ozodlikka aytishicha, Ahmad Usmonov ustidan jinoyat ishi fevral o‘rtasida ochilgan.

Prezident ayblaganidan keyin gazetalar ham urgan “Gitler” laqabli general-gubernator

4 fevral kuni Toshkent viloyat kengashi deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasi chog‘ida ishdan olingan sobiq hokim bir vaqtning o‘zida senatorlikdan ham chetlatilgan edi.

Buning ortidan O‘zbekiston rasmiy matbuotida sobiq hokimni “qoralash ma’rakasi” davom etdi.

Rasmiy gazetalar prezident Islom Karimov Ahmad Usmonovni "odamlarning ishonchini oqlamagani" va yangi ish o‘rinlari yaratmagani uchun tanqid qilganini iqtiboslar bilan eslatishdi:

"Hamkasblarning ishonchini yo‘qotgandan keyin qayta qo‘lga kiritish juda qiyin. Bunga urinish befoyda. Agar bir marta odamlarning ishonchini yo‘qotsang, ming marta kechirim so‘rasang ham bu ularning yuragida qolishini esingdan chiqarmasliging kerak", dedi prezident.

Bu asnoda o‘zbek rasmiy matbuoti Usmonovning "yaqin hamtovoqlari bo‘lgan bir guruh shaxslar" poraxo‘rlikda ayblanib, jazoga tortilgani haqida yozishdi.

Asli samarqandlik 59 yoshli Ahmad Usmonov militsiya generali rutbasiga ega bo‘lgan yagona viloyat hokimi edi.

Usmonov 2006 yilda “Mehnat shuhrati” va 2010 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan.

U 2004 yilda Namanganda general unvonini olgan birinchi viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Usmonov 2005 yil mayidagi qonli voqealardan ko‘p o‘tmay, Andijon viloyat hokimligiga tayinlangan.

Uning 2006 yil oktyabridan 2013 yil apreliga qadar davom etgan hokimligi davrida Usmonov viloyatni qattiqqo‘llik bilan boshqargani kuzatilgan.

Ozodlik manbalari Ahmadjon Usmonovning juda ham zo‘ravon hokim bo‘lganini, uning rahbarligi davrida qama-qamalar avj olganini aytadilar. Uzmetronom nashrining yozishicha, Usmonov Andijonga hokimlik qilgan paytida unga “Gitler” laqabini berishgan.

Ahmad Usmonov oxirgi 3 oy ichida lavozimidan chetlatilgan ikkinchi viloyat hokimidir.

O‘tgan yil noyabrida Prezident Karimov Namangan viloyat hokimi Bahodir Yusupovni "faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari" uchun ishdan chetlatgandi.

XS
SM
MD
LG