Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:08

Mahtuma Jo‘raeva: MXX xodimlari o‘g‘limni boshiga qop kiygizib o‘g‘irlashdi...


Furqat Jo‘raev va yana to‘rt kishi – Aramais Avakyan, Bektemir Umrzoqov, Dilshod Olimov va Akmal Mamatmurodovlarni 5 yildan 12 yilgacha muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi.
Furqat Jo‘raev va yana to‘rt kishi – Aramais Avakyan, Bektemir Umrzoqov, Dilshod Olimov va Akmal Mamatmurodovlarni 5 yildan 12 yilgacha muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi.

Jizzaxda armani fermer Aramais Avakyan bilan birga "Islomiy Davlat" jangari guruhiga aloqadorlikda ayblanib, 12 yilga qamalgan Furqat Jo‘raevning onasi Mahtuma Jo‘raeva Ozodlik bilan suhbatda o‘g‘lini mahsus xizmat xodimlari noqonuniy tarzda boshiga qop kiygizib o‘g‘irlab ketishgani va IShIDga a’zoligini bo‘yniga qo‘yish uchun tergov izolyatorida qiynoqlarga solishganini aytdi.

19 fevral kuni Jizzaxdagi mahkama ekstremistik guruhlarga bog‘liqlikda ayblangan Furqat Jo‘raev va yana to‘rt kishi – Aramais Avakyan, Bektemir Umrzoqov, Dilshod Olimov va Akmal Mamatmurodovlarni 5 yildan 12 yilgacha muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqargan edi.

Mahkama hukmidan bir hafta o‘tib Ozodlikka ilk bor gapirgan Furqat Jo‘raevning onasi Mahtuma Jo‘raeva o‘g‘lini 4 sentyabr kuni MXX xodimlari noqonuniy o‘g‘irlab ketishgani, 40 kun davomida uning qaerdaligi haqda bilmaganliklarini aytdi.

- Meni o‘g‘lim Furqat Aramais Avakyanni bolalikdagi yaqin do‘sti bo‘ladi. Furqatni aroq do‘konini oldida 3 sentyabr kuni ikki quti pivosi bilan to‘rt kishi bo‘lib, boshiga qop kiygizib olib ketishgan. Aramais uni o‘sha kuni qidirdi. Bir kun o‘tib Aramaisni ham olib oltita mashinada bosib ketishibdi. Uni ham avtomatlar bilan qo‘rqitib, boshiga qop kiydirib olib ketishgan. Bizga qirq kun davomida ularni qaerdaligini aytishmadi. Oktyabrь oyida ularni SNBni podvolida ekanini bilganimizdan keyin ham ular bilan uchratshtirishmadi. O‘g‘limni sud zalida ezilgan xolda ko‘rdim, - deydi Mahtuma Jo‘raeva.

Mahtuma Jo‘raevaning aytishicha, o‘g‘li IShIDga a’zoligini bo‘yniga olishi uchun tergov izolyatorida qiynoqlarga solingan.

- Bu suddan u sudgacha bollarni urishgan. Bo‘yniga qo‘yib, nima desa o‘shani aytganini takrorlab turdi u bechora bollar. Qiynoqqa solishganini o‘rgandik. Sudda ularni ko‘rdik. Ana shu joyda, ular bu haqda imo-ishora bilan aytishdi. "Biz jonimizdan to‘ydik", deb bizga imo-ishora qilyapti. Aramaisni onasi armancha gapiradi, unga aytibdi, "Furqatni ikkinchi sudda ukol urib chiqarishdi", deb aytibdi. Undan shunday qildimi, desak "ha" deydi. Juda ezishgan, Aramasini urib qovurg‘asini sindirishgan ekan, - deydi Mahtuma Jo‘raeva.

Sudlanuvchilar O‘zbekiston Jinoyat kodeksining qo‘poruvchilik, o‘g‘rilik, diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish kabi moddalari bilan ayblangan.

Mahtuma Jo‘raeva o‘z o‘g‘liga qo‘yilgan bu ayblovlar tuxmat ekanini aytadi.

- O‘g‘lim ichadigan bola, qanday qilib islomiy guruhlarga uni aloqasi bo‘lishi mumkin. Bu bollarni hech birini islomiy guruhlarga aloqasi yo‘q. Bularni hammasi ichadi, birovga yomonligi yo‘q bollar, - deydi Mahtuma Jo‘raeva.

Маҳтума Жўраева Озодлик билан суҳбат.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:52 0:00
Бевосита линк

Millati arman bo‘lgan Avakyanning nasroniy bo‘lishiga qaramasdan IShIDga aloqadorlikda ayblanayotgani Armaniston hukumatini ham chetda qoldirmadi.

Armaniston Milliy majlisining Inson huquqlari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Elinar Vardanyan O‘zbekiston parlamentining huquqiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi komissiyasi raisiga jizzaxlik fermer Aramis Avakyanning taqdiri yuzasidan tashvish bildirib, murojaat qilgani to‘g‘risida Ozodlik radiosi arman xizmati xabar qildi.

Undan avval esa Armaniston Ombudsmani ham o‘zbekistonlik hamkasbiga Avakyanning taqdiri borasida tashvish bildirib, xat yo‘llagan edi.

XS
SM
MD
LG