Линклар

logo-print

Rossiyada muxolifat tarafdorlari Boris Nemsov o‘ldirilganligining bir yilligi munosabati bilan Moskvada norozilik yurishini o‘tkazdi.

Kremlning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan Nemsov 2015 yilning 27 fevral kuni Moskva markazida otib o‘ldirilgan edi.

Moskva shahar ma’muriyati norozilik yurishi qatnashchilarining Nemsov otib ketilgan ko‘prikdan o‘tishiga ruhsat bermadi.

Lekin, namoyishchilarga yurishni shaharning boshqa qismida o‘tkazish izni berildi.

Ayni paytda AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Tefft 27 fevral kuni Boris Nemsov otib kelgan joyga bordi va u erga gulchambar qo‘ydi.

Rossiya Davlat Dumasi 26 fevral kuni ayrim depatatlarning Nemsov xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash haqidagi iltimosini rad etdi.

XS
SM
MD
LG