Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:07

Ish haqi uchun pulni kechiktirgan bank mansabdorlari javobgarlikka tortiladi


O‘zbekistonda Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalarga muvofiq tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar to‘lash uchun pul mablag‘lari berishni asossiz kechiktirgan bank mansabdorlari yoki xizmatchilari jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Asossiz kechiktirish deganda kassada pul bo‘laturib ularni belgilangan muddatlarda bermaslik nazarda tutilmoqda.

Bunday jinoyat uchun jazoning eng ko‘p miqdori – bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko‘zda tutilgan.

Aybdor ikki va undan ortiq shunday harakatlar qilsa jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

So‘nggi oylarda O‘zbekistondagi davlat korxonalarida ishchilarga oyliklar kechikishi xollari ko‘paydi.

Banklarda pul yo‘qligi bunga asosiy sabab ekani aytilmoqda.

So‘nggi oylarda O‘zbekiston banklarida prokuratura tekshiruvlar o‘tkazgani, Toshkentdagi "Asakabank" va boshqa moliya muassasalarida moliyaviy qallobliklarda ayblanib bir qancha mansabdor ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘otilgani haqida Ozodlik avval xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG