Линклар

logo-print

Moskva, Peterburg va Rossiyaning boshqa o‘nlab shaharlarida shanba kuni o‘tgan mitinglarda Boris Nemsov xotirlandi.

Nemsov bir yil muqaddam Moskva markazida otib ketilgan edi.

Moskvadagi namoyishlarda turli hisoblarga ko‘ra, 25 mingdan 30 mingga qadar odam ishtirok etdi. Ishtirokchilar Moskvaning Strastniy xiyobonidan Saxarov prospektigacha ko‘cha yurishi o‘tkazdilar.

Yurish so‘nggida namoyishchilar Moskvoreskiy ko‘prigiga bordilar va siyosatchi o‘ldirib ketilgan joyga guldastalar qo‘ydilar.

Shuningdek, namoyish davomida Nemsov o‘ldirilgan joyda uning xotirasiga yodgorlik qo‘yish so‘rovi ostida petitsiya o‘tkazildi.

Peterburgdagi namoyishlarda 3 mingdan ortiq odam ishtirok etgani xabar qilinmoqda. Yuzga yaqin odam esa Kievda Nemtsovni xotirladi.

XS
SM
MD
LG