Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:25

Toshkentning Mirobod va Oloy bozorlari qayta quriladi


Yaqin kunlar ichida Toshkentdagi Oloy va Mirobod bozorlari qayta qurilish uchun yopiladi. Bu haqda 27 fevral kuni “Toshbozorsavdo” assotsiatsiyasi rahbari Sohibjon Ne’matullaev Toshkent shahar hokimiyatida o‘tgan birifing paytida bildirdi.

Unga ko‘ra, Oloy bozori to‘la qayta quriladi, bozorda mavjud bo‘lgan bir nechta savdo zonalari o‘rniga, yagona savdo hududi yaratiladi. Bu savdo hududida barcha mahsulotlar bilan savdo qilinadi.

Mirobod bozorida esa bozor binosining tashqi qismi va ayrim joylar ta’mirdan chiqariladi.

Toshkentdagi mazkur ikki bozorni ta’mirlash ishlariga 15 milliard so‘m ajratilgan. Ta’mirlash ishlari O‘zbekiston mustaqilligi kuni arafasida yakunlanishi aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG