Линклар

logo-print

Rossiyaning Leningrad viloyatida O‘zbekistondan kelgan mehnat muhojiri kasalxonaga olib ketilayotgan paytda “Tez yordam” mashinasida vafot etdi.

Leningrad viloyati Tosnen tumani tergov qo‘mitasining bildirishicha, 42 yoshli o‘zbek Lyubani shahridagi korxonalardan birida elektr arra bilan ishlayotgan paytda og‘ir jarohatlar olgan. Elektr arra uning qo‘lini kesib, qornini chavaqlagan. Mehnat muhojiri tez yordam mashinasida vafot etgan.

Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik muhojir elektr arra bilan ishlash xavfsizligi qoidalarini buzgani oqibatida mana shunday fojea yuz bergan.

XS
SM
MD
LG