Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:19

O‘zbekistonda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlari boshlandi


O‘zbekistonda 29 fevraldan “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari boshlandi.

Mazkur loyiha doirasida respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining 300 nafarga yaqin yetakchi olimi hamda yuksak malakali shifokorlar barcha viloyatlarda bo‘lib, aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.

Ko‘rik paytida xastaliklar aniqlangudek bo‘lsa, har bir bemor uchun maxsus davolash va reabilitatsiya rejalari belgilanadi.

XS
SM
MD
LG