Линклар

Rossiya muxolifatidagi “Yabloko” partiyasi Grigoriy Yavlinskiyni 2018 yilda o‘tadigan prezidentlik sayloviga nomzod sifatida ko‘rsatdi.

Yakshanba kuni “Yabloko” partiyasi qurultoyida so‘zlagan nutqida, Yavlinsiky: “Odamlarning ishonchsizligi va apatiyasi-mamlakat taraqqiyoti uchun asosiy to‘siq bo‘lmoqda. Bunday vaziyatda balni marginallar boshqaradi”, deb aytdi.

Qurultoyda so‘zga chiqqan siyosatchilar Vladimir Rijkov va Dmitriy Gudkov Yavlinskiyni Rossiya demokratik muxolifat kuchlaridan prezidentlikka yagona nomzod sifatida ko‘rsatish taklifini kiritdi.

XS
SM
MD
LG