Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:44

Qirg‘izistonda dollarda kredit berish taqiqlandi


Qirg‘izistonda ipoteka va boshqa turdagi kreditlarni dollarda berish taqiqlandi. Bundan buyon mamlakatda kreditlar faqat milliy valyuta bilan beriladi.

Qirg‘iziston Milliy banki bu borada 10 fevral kuni qaror qabul qilgan edi. Mazkur qaror 28 fevraldan kuchga kirdi.

Avvalroq prezident Almazbek Atambaev Milliy bankdan aholining ijtimoiy jihatdan kam himoyalangan qatlami dollarda olgan ipoteka kreditlarini so‘mga o‘girish masalasini ko‘rib chiqishni iltimos qilgan edi.

Bunga mamlakatda dollar kursining birdaniga 60 so‘mdan 75 so‘mga ko‘tarilib ketishi, buning oqibatida dollarda kredit olgan fuqarolarning xonavayron bo‘la boshlagani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Milliy bank 2015 yil 1 iyuligacha dollarda kredit olganlarning to‘lovlarini so‘mga o‘girdi. Qarzdorlar bundan buyon o‘z kreditlarini 2015 yil 1 iyuligacha bo‘lgan kursda to‘laydilar. Bu davrda 1 dollar 62 so‘m 14 tiyiniga teng edi.

XS
SM
MD
LG