Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:34

Leonardo di Kaprio nihoyat Oskarga loyiq topildi


AQShning Los-Anjeles shahrida 88 marta Amerika kino akademiyasining oliy mukofoti – Oskar haykalchalari g‘oliblarga topshirildi. Yilning eng yaxshi filmi nominatsiyasida rejissyor Tom Makkartining "Diqqat markazida" filmi Oskarga loyiq topildi.

Original stsenariy sovrinini ham olgan ushbu filmda katolik cherkovidagi pedofillar mavzusi ko‘tarilgan.

Oskar uchun nomzodi besh marta qo‘yilib, biror marta bu mukofotni olishga muvaffaq bo‘lmagan aktyor Leonardo di Kaprio nihoyat bu yil "Omon qolgan" (The revenant) filmidagi bosh roli uchun ushbu mukofotga loyiq deb topildi.

"Omon qolgan" filmiga Oskarning yana ikkita mukofoti berildi. Film rejissyori Alexandro Inyarritu eng yaxshi rejissyor, tasvirchi Emmanuel Lyubettski eng yaxshi operator deb topildi.

Rejissyor Inyarritu o‘tgan yili "Byordmen" (Birdman) filmi uchun ham Oskar olgan edi.

Oskarning eng yaxshi ayol roli uchun mukofoti aktrisa Bri Larsonga berildi. U "Xona" filmidagi roli uchun ushbu mukofotga loyiq topildi.

Mark Raylens "Josuslik ko‘prigi" filmidagi roli uchun "Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor" mukofotini oldi.

"Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa" mukofoti esa "Daniyalik qiz" filmidagi roli uchun Alisiya Vikanderga berildi.

XS
SM
MD
LG