Линклар

Rossiyaning Vorkuta shahri yaqinidagi “Severnaya” shaxtasida halok bo‘lganlar soni 36 kishiga yetdi. Shaxtyorlarni qutqarish bo‘yicha uch kun davomida olib borilgan qutqaruv ishlari yakshanba kuni konda yana metan gazi portlagani oqibatida to‘xtatib qo‘yildi.

“Severnaya” ko‘mir konidagi avariya 780 metr chuqurlikda 25 fevral kuni yuz bergan edi. Konda kutilmaganda havoga metan gazi otilishi oqibatida portlash sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng yana ikki marta metan gazi portlagan. Uchinchi portlashda konda qutqaruv ishlarini olib borayotgan 5 qutqaruvchi halok bo‘lgan. Fojea sodir bo‘lgan kuni 10 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

Hozirgi kunda yana 26 konchining taqdiri noma’lum qolmoqda. Ular bilan aloqa to‘liq uzilgan.

Hodisa munosabati bilan Komi respublikasida 3 kunlik motam e’lon qilindi.

XS
SM
MD
LG