Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:15

Eronda islohotchilar parlament va Ekspertlar kengashi saylovida peshqadam bo‘ldi


Eronda 26 fevral kuni o‘tgan parlament va Ekspertlar kengashi saylovida amaldagi prezident Hasan Ruhoniyga ittifoqdosh bo‘lgan mo‘’tadil va islohotchi siyosiy kuchlar Tehron uchun ajratildgan 30 o‘rinni egallab, g‘alabaga erishdi.

290 o‘rinli Eron parlamenti 8 yilga saylanadi. Ekspertlar kengashi mamlakatning oliy ruhoniysi bo‘lgan keyingi oyatulloh nomzodini tanlab, uni parlamentga taqdim etadi. Shu vaqtga qadar kengashga saylanganlarning ko‘pchilik qismini ultra-konservativ ulamolar tashkil qilib kelgan.

26 fevralь kungi saylov Eronga qarshi g‘arb sanksiyalari olinganidan buyon o‘tkazilgan ilk saylovdir va dastlabki natijalar ultra-konservativ siyosiy guruhlarning ortda qolayotganini ko‘rsatmoqda.

XS
SM
MD
LG