Линклар

logo-print

Gretsiya bilan Makedoniya chegrasida muhojirlar bilan politsiya xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga keldi.

Makedoniya politsiyasi Gretsiyadan o‘tmoqchi bo‘lgan bir necha minglab muhojirlarni qaytarish uchun maxsus kuchlarni tashladi.

Xabarlarga ko‘ra, muhojirlar chegarada poezdlarni o‘tkazish uchun o‘rnatilgan to‘siqni buzib tashlagan va politsiyaga qarshi tosh ota boshlagan.

Bunga javoban politsiya muhojirlarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va shovqin chiqaruvchi granatalarni ishlatgani aytilayapti.

Avstriya, Serbiya va Makedoniya qochqin muhojirlar kirishini cheklab qo‘ygach, Gretsiya hududida 22 ming muhojir to‘planib qolgan.

XS
SM
MD
LG