Линклар

AQSh va Rossiya ishtirokida tuzilgan sulh bitimi kuchga kirganidan so‘ng BMTning gumanitar karvoni Suriyaning qamalda qolgan Maadamiya shahriga etib bordi.

Qizil yarim oy tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Damashq janubiy-g‘arbida isyonchilar nazorati ostida tutib turilgan bu shaharga kecha adyol va tozalik ashyolari ortilgan 10 ta yuk mashinasi kirib borgan.

BMT vakillari nisbatan osoyishtalikdan foydalangan holda yordam yukini qamalda qolgan shaharlardagi 154 ming kishi orasida tarqatishga umid qilmoqdalar.

Avvalroq BMT bosh kotibi Ban Ki Mun Suriyada 27 fevraldan otashkesim kuchga kirganidan so‘ng zo‘ravonlik darajasi ancha pasayganini bildirgandi.

Ayni paytda AQSh mudofaa vaziri Esh Karter xalqaro koalitsiya “Islomiy davlat” guruhiga qarshi kurashni davom ettirishini ma’lum qilgan. Rossiya ham endilikda sulh shartlari talabiga muvofiq ravishda faqat BMT tomonidan terrorchi deb topilgan guruhlar istehkomlarini nishonga olishni va’da qilmoqda.

XS
SM
MD
LG