Линклар

Namanganda bolalarni pora evaziga tibbiyot kollejiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan Erkin Jalolov ushlandi.

UZINFORM agentligining xabar qilishicha, to‘raqo‘rg‘onlik bu kishi avvaliga mingbuloqlik M. Turdialievadan o‘g‘lini 2-Namangan tibbiyot kollejiga kiritib qo‘yish va’dasi bilan 1000 AQSh dollari undirgan.

Shunday va’da bilan u Buramatut qishlog‘ida istiqomat qilgan Usmonovdan 700 dollar olgan. Bu pul evaziga Jalolov Usmonovning jiyanini Chust tibbiyot kollejiga kiritib qo‘yishini aytgan.

Yaqinlarini kollejda o‘qitmoqchi bo‘lgan yana uch kishi Jalolovga 1000 dollardan bergani aniqlangan.

E’tiborlisi shundaki, tovlamachi bolalarni faqat tibbiyot kollejiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan va buning uchun faqat AQSh dollari talab qilgan.

Yaqinda mazkur hodisalar bo‘yicha Namanganda bo‘lib o‘tgan sud Erkin Jalolovni 5 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum qilgan.

XS
SM
MD
LG