Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:16

Qirg‘iziston futbol federatsiyasi FIFA rahbarligiga nomzoddan pora olganini rad etmoqda


Qirg‘iziston Futbol federatsiyasi o‘z rahbariyati FIFA rahbari lavozimiga nomzod Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifadan pora olganiga oid iddaolarni rad etdi.

“Bu jahon federatsiyasiga rahbar saylash arafasida Xalifa obro‘sini to‘kishga qaratilgan iflos kampaniyadan boshqa narsa emasdi”, dedi Qirg‘iziston Futbol federatsiyasi vakilasi Natalya Ugryumova Associated Press agentligiga bergan intervьyusida.

O‘tgan hafta britaniyalik deputat Damian Kollinz palata majlisida Shayx Salmon 2013 yili Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari saylovi oldidan Qirg‘iziston Futbol federatsiyasiga pora berganiga oid asosli taxminlari borligini bildirgandi. Bu deputat o‘z vaqtida FIFAda islohotlar o‘tkazish talabi bilan chiqqandi.

Uch yil muqaddam Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarligiga saylovda g‘alaba qozongan Shayx Salmon ham bu ayblovlarni inkor etmoqda.

Kollinz iddaosi 26 fevral kuni bo‘lib o‘tgan FIFA rahbarligiga saylovdan ikki kun avval yangragandi. Mazkur saylovda shveysariyalik Janni Infantino g‘alaba qozongan, Shayx Salmon esa ikkinchi o‘rinni egallagandi.

XS
SM
MD
LG