Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:09

Rossiya musulmonlari 4 yoshli go‘dakni o‘ldirgan enaganing qilmishini Islom bilan bog‘lamaslikni so‘ramoqda


Moskvada o‘zbekistonlik enaga tomonidan 4 yoshli bolakayning shafqatsizlarcha o‘ldirilishi Islom dini bilan bog‘lanmasligi kerak. Bu haqda Moskva Musulmonlar diniy boshqarmasi raisi, Moskva jome’ masjidi bosh imomi Ildar Alyautdinov tomonidan tarqatilgan bayonotda aytiladi.

“Gap mutlaqo aqli raso bo‘lmagan shaxs ustida ketayapti, shuning uchun libos yoki qanaqadir shiorlarga asoslangan qandaydir qilmishlarni musulmonlar va Islom bilan bog‘lash mutlaqo noo‘rin”, deyiladi mazkur bayonotda.

Ildar Alyautdinov nobud bo‘lgan bolakayning oilasiga ta’ziya izhor qilgan va “har qanday musulmon bu og‘riqli hodisani shaxsiy fojiasidek qabul qiladi”, deb hisoblashini qo‘shimcha qilgan.

29 fevral kuni Moskvadagi “Oktyabrskoe pole” metro bekati yonida yosh bolaning tanasidan judo qilingan kallasini ko‘tarib, “Allohu Akbar!” deb baqirib yurgan qora qiyimdagi ayol politsiya tomonidan hibs etilgandi. O‘zbekistonlik 39 yoshli muhojir Gulchehra Boboqulova ekani aytilayotgan bu ayol hozirda sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tmoqda.

XS
SM
MD
LG