Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:47

BMT Yevropa hukumatlarini qochqinlar muammosini hal qilmayotganlikda aybladi


BMTning Qochqinlar bilan ishlash agentligi Yevropa davlatlarini qochqinlar bo‘hronini hal qilish uchun birgalikda ishlamayotganlik, aksincha, chegarani mustahkamlash maqsadida xalqaro qonunchilikka zid cheklovlar joriy qilayotganlikda aybladi.

Ayni paytda Gretsiyada 24 ming qochqin yig‘ilib qolgan va juda og‘ir sharoitda kun o‘tkazmoqda.

Agentlikning matbuot kotibi Adrian Edvards 1 mart kungi bayonotida: "Yevropa hozir o‘z hududida o‘zi yaratayotgan ulkan gumanitar bo‘hron ostonasida turibdi", dedi.

Uning Ozod Yevropa/Ozodlik radiosiga aytishicha, 2016 yilning dastlabki ikki oyida 131 ming 724 muhojir O‘rta Yer dengizidan o‘tib, Yevropaga kirgan.

BMT vakili ayni paytda Gretsiya chegarasining qochqinlar jamlangan nuqtalarida oziq-ovqat, boshpana etishmayotgani, buning oqibatida zo‘ravonlik kuzatilayotganini aytdi.

XS
SM
MD
LG