Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:21

Shvetsiyada Obid qorini otgan Jukovskiyga umrbod qamoq jazosi berildi


Shvetsiyaning Sundsval shahar sudi Obid qori Nazarovga nisbatan suiqasdni amalga oshirishda aybdor, deb topilgan Yuriy Jukovskiyga umrbod qamoq jazosini berdi. Sud hukmi 1 mart kuni Shvetsiya rasmiy matbuotida e’lon qilindi. O‘zbekiston fuqarosi Yuriy Jukovskiyga chiqarilgan 18 yillik qamoq jazosidan ham himoya tomoni, ham qoralov tomoni norozi bo‘lib, appelyatsiya mahkamasiga shikoyat qilgan edi.

Obid qori Nazarovning o‘g‘li Dovudxon Obidxon o‘g‘li Ozodlik bilan suhbatda hukmdan rozi ekanini aytdi:

- Biz aslida umrbod qamoq jazosi berilsin, deb da’vo qilgan edik va da’voimiz qondirilganidan mamnun bo‘ldik. Jukovskiy bu jazoga loyiq edi, deb hisoblaymiz. Lekin, bu bilan ish tugamaydi. Chunki, Jukovskiy bu jinoyatni bir o‘zi ijro etmagan. Uning ortida bu jinoyatni buyurtma qilgan shaxslar bor va ularning ismi ma’lum. Prokuror takror aytib kelganidek, bu buyurtma ortida O‘zbekiston siyosiy rejimi turibdi, degan juda jiddiy da’vo bor. Shu bois, tergov va surishtiruv davom etadi. Ammo, bugungi hukm bunday dahshatli jinoyatni sodir etganlar jazosiz qolmasligiga jiddiy bir ishorat bo‘ldi, - deydi Dovudxon.

Ayni paytda u otasi - hanuz shifoxonada qolayotgan ulamo Obid qori Nazarovning sog‘ligiga oid savollarga ham javob berdi.

Quyida Dovudxon Obidxon o‘g‘li bilan suhbatni tinglang:

Довудхон Обидхон ўғли: Жуковскийга умрбод қамоқ берилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:33 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston fuqarosi Yuriy Jukovskiyga chiqarilgan 18 yillik qamoq jazosidan ham himoya tomoni, ham qoralov tomoni kiritgan appelyatsiya arizasi yuzasidan mahkama 9 fevral kuni boshlangan edi.

Shvetsiya prokurori Krister Petersson ham 18 yillik jazo bir umrlik qamoq jazosiga o‘zgartirilishini talab qilgan.

37 yashar Jukovskiy o‘tgan yilning 25 avgustda Rossiyadan Shvetsiyaga ekstraditsiya qilingan edi.

Petersson ayblov xulosasida O‘zbekiston hukumatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblamagan bo‘lsa-da, Jukovskiy suiqasdni “O‘zbekiston hukumati buyrug‘iga ko‘ra” amalga oshirgani xususidagi iddaolarni ilgari surganini bildirgan.

57 yoshli Obid qori Nazarov 2012 yilning 22 fevralida Shvetsiya shimolidagi Stromshund shaharchasida o‘z uyi yo‘lagida noma’lum shaxs tomonidan otib ketilgan.

O‘zbekiston hukumatining ashaddiy tanqidchilaridan bo‘lgan Obid qori Nazarov hamon og‘ir ahvolda shifoxonada yotibdi.

XS
SM
MD
LG