Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:18

Afg‘oniston qo‘shinlari Toliblar nazorati ostidagi tumanni tark etdi


Afg‘oniston qo‘shinlari mamlakat shimolida Toliblar nazorati kuchli bo‘lgan hududlardan chiqib ketmoqdalar.

1 mart kuni O‘ruzgon viloyati hokimiyati matbuot kotibi Do‘st Muhammad Noyob 100 ga yaqin askar va politsiya xodimi Shahidi Hassos tumanidagi nazorat-o‘tkazish punktlarini tark etganini ma’lum qildi.

Bu tumanda 29 fevral kuni Toliblar bilan qaqshaqich janglar bo‘ldi.

Afg‘oniston qo‘shinlari fevral oyi boshidan buyon mamlakat shimolidagi bir necha tumanni Toliblarga boy berdi.

Shimoldagi rasmiylar bu hududga qo‘shimcha harbiy jo‘natilishi kerakligi, aks holda vaziyat yanada og‘irlashishi mumkinligidan ogohlantirmoqdalar.

XS
SM
MD
LG