Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:09

Bahorning birinchi kunida tug‘ilgan G‘ulomjon bahor haqida 28 qo‘shiq kuyladi


O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov mana 66 yildan beri bahorning ilk kunida tug‘ilgan kunini nishonlaydi. "Chodirxayol"ning bugungi mehmoni - O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov ijodida bahoriy qo‘shiqlar ko‘pligini aytadi.

Haqiqatan ham bugun tug‘ilganmisiz yoki pasportga shunday yozdirib olganmisiz deb so‘raganimizda, hofiz kulib: "Buni onamdan so‘ranglar", dedi.

Ozodlik bilan suhbatda hofiz bahorni sevgani bois, barcha qo‘shiqlarida bahoriy ifor borligini aytdi:

- Bahorni birinchi kuni tug‘ilganim bois bahorni sevaman. Hozir mana 28 qo‘shiqni yaratdim. Hammasi xalqqa yoqadigan mayin bahoriy ohanglarda, - deydi hofiz.

G‘ulomjon Yoqubov O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artistidir. “Majnuntol” gramplastinkasi 1985 yilda “Melodiya” gramyozuv firmasining “Oltin disk” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Hofiz “Do‘stlik” va“El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlangan.

Hamisha yosh va navqiron ko‘ringani uchun olqishlangan hofizdan "Aslida yoshingiz nechada?" deb so‘radik.

- Endi hozir yoshimni aytishimni nima keragi bor?! Yosh kerakmasdir. Men hali 30 yashar bolalar bilan tengman. O‘zimni yosh va navqiron deb bilaman, - deydi hofiz.

Ғуломжон Ëқубов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:55 0:00
Бевосита линк

O‘tgan asrning etmishinchi yillaridan beri sahnadan tushmay kelaëtgan G‘ulomjon Yoqubovning “Tikilib-tikilib”, “Nilufar”, “O‘sma qo‘yibdi qoshiga”, “O‘ylasam” kabi qo‘shiqlari mashhur bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG