Линклар

logo-print

Yaponiya hukumati O‘zbekistonga beg‘araz yordam dasturi asosida11 loyihani amalga oshirish uchun 566 ming dollar moddiy yordam ko‘rsatadi.

Bu boradagi shartnomani 1 mart kuni Toshkentda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Fumixiko Kato, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Asilbek Xudoyorov va O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Obro‘ev imzoladi.

Yaponiya moliyaviy ko‘magidagi loyihalar asosan tibbiyot, xalq ta’limi va nogironlarga yordam sohalariga yo‘naltiriladi. Jumladan, Yaponiya ko‘magida Toshkent, Andijon, Buhoro, Samarqand, Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 6 ta maktab zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanadi.

XS
SM
MD
LG