Линклар

logo-print

Qo‘shma Shtatlar Suriyada so‘nggi 24 soat davomida sulh bitimi sezilarli darajada buzilgani to‘g‘risida hech qanday ma’lumotlarga ega emas. Bu haqda seshanba kuni Davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbi ma’lum qildi.

“Dastlabki natijalar tinchlik o‘rnatilishiga umid uyg‘otmoqda”, dedi Kirbi AQSh va Rossiya o‘rtasida 27 fevralda kuchga kirgan Suriyadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish bitimini sharhlar ekan.

Avvalroq Rossiya so‘nggi 24 soat ichida Suriyada 15 marotaba sulh bitimi shartlari buzilgani haqida bayonot tarqatgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiya “terrorchi tashkilotlarni ta’minlayotgani”ni iddao qilib, Turkiya-Suriya chegarasini yopishni talab qildi.

BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura seshanba kuni mazkur mamlakatda barqarorlikni tiklash bo‘yicha muzokaralar 9 martga qoldirilganini bildirdi. Mistura bundan maqsad tomonlarning o‘q otishni to‘xtatish rejimiga ko‘nikib olishiga imkoniyat yaratish bo‘lganini ta’kidladi.

Prezident Bashar Assad esa sulh bitimi amalda qolishi uchun bor imkoniyatlarni ishga solishini aytdi. Assad qurollarni topshirgan muxolifalari “to‘la avf etilishi”ga va’da berdi.

XS
SM
MD
LG