Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:50

Moskvada millatchilar o‘zbek muhojiri 4 yoshli qizni o‘ldirganiga g‘azab bildirdi


Moskvaning “Oktyabrskoe pole” metro bekati oldida 1 mart kuni o‘nlab odamlar o‘zbekistonlik 39 yoshli muhojir Gulchehra Boboqulova o‘zi enagalik qilgan 4 yoshli qizni o‘ldirganiga g‘azab bildirdi.

Ayrim odamlar bu joyga 4 yoshli qizaloq xotirasini yodga olib, gullar va yumshoq o‘yinchoqlar keltirdi.

Maxsus uyushtirilmagani aytilayotgan mazkur aksiyada radikal harakatlar a’zolari ham ishtirok etgan. Ular hukumatdan migrantlarga nisbatan keskin choralar ko‘rishni talab qilmoqda. Qizaloq xotirasini yod etish uchun kelganlar orasida millatchilar harakati liderlaridan biri Dmitriy Dyomushkin ham bo‘lgan.

29 fevral kuni Moskvadagi “Oktyabrskoe pole” metro bekati yonida yosh bolaning tanasidan judo qilingan kallasini ko‘tarib, “Allohu Akbar!” deb baqirib yurgan qora qiyimdagi ayol politsiya tomonidan hibs etilgandi. O‘zbekistonlik 39 yoshli muhojir Gulchehra Boboqulova ekani aytilayotgan bu ayol hozirda sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tkazilmoqda.

“Moskovskiy komsomolets” gazetasining huquq –tartibot tuzilmalaridagi manbaga tayanib bildirishicha, qizaloq o‘limida gumonlanayotgan ayol shizofreniyaning og‘ir shakli bilan og‘rigan va O‘zbekistondagi doimiy yashash joyida ruhiy kasalliklar shifoxonasi ro‘yxatida turgan.

XS
SM
MD
LG