Линклар

Moskvada boshqa millatga mansub yigitlar bilan yurgan qirg‘izistonlik qizlarni xo‘rlab, qizlarning kaltaklanishi videolarini Internetga joylashtirgan guruh qo‘lga olindi.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining bildirishicha, qo‘lga olingan uch qirg‘iz yigit Moskva politsiyasi tomonidan tergov qilinmoqda.

Fevral oyining o‘rtalarida o‘zlarini “Patriot”, deb atagan mazkur guruh qirg‘izistonlik ikki nafar qizni boshqa millatga mansub yigitlar bilan yurgani uchun kaltaklagan va bu to‘g‘ridagi vidleoni Internetga joylashtirgan.

Avvalroq Moskvada o‘zbek yigiti bilan sevishib yurgan qirg‘iz qiz o‘zlarini “Patriot”, deb atovchilar tomonidan kaltaklangani to‘g‘risidagi videolar ham Internetda paydo bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG