Линклар

logo-print

BahsOnlinening bu galgi sonida O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarish shartlari haqidagi yangi tartibni muhokama qilamiz.

Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz har chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

Prezident farmoniga ko‘ra, agar fuqaroning boshqa xorijiy davlat armiyasi, xavfsizlik xizmati, politsiyasi, adliya va boshqa davlat idoralarida ishlashi haqida hujjati borligi aniqlansa O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotadi.

Bundan tashqari, muntazam chet elda yashovchi O‘zbekiston fuqarosi, vatanidan propiskadan chiqib kelib, besh yil davomida konsullik ro‘yxatida uzrli sabab bilan turmagan holatlarda ham fuqaroligi olib qo‘yiladi.

Konsullik idorasi fuqaro haqidagi ma’lumotlarni Tashqi Ishlar vazirligiga jo‘natadi. Unga ko‘ra, Prezident qoshidagi Fuqarolik masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya ishni ko‘rib chiqadi.

Besh yillik muddat 16 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarga nisbatan ishlatilmaydi.

Farmonda ko‘rsatilishicha, shaxsning yolg‘on ma’lumot va soxta hujjatlar taqdim qilgani aniq bo‘lganda ham, fuqarolik bekor qilinadi.

Yangi o‘zgartirishga binoan, shaxs xorijiy davlat foydasiga jamiyat va davlat manfaatlariga zarar etkizsa, shuningdek, tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat sodir etsa, O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotadi.

Siz bu tadbirlarga qarshimisiz ëki qo‘llaysizmi?

Agar siz ham bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz har chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

Savollaringizni, sharh sifatida qoldirishingiz, shuningdek, sadriddin61@gmail.com elektron pochta manziliga ham yuborishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG