Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:45

"O‘zbekiston hukumati majburiy mehnatdan voz kechmaydi"


Markazi Vashingtonda joylashgan Xalqaro mehnat haqlari forumi 1 mart kuni Mehnatkashlar haqlari himoyachilari xalqaro mukofotining 2016 yilgi sovrindorlari nomini e’lon qildi. Mukofotlanganlar orasida o‘zbekistonlik huquq faollari Yelena Urlaeva¸ O‘ktam Pardaev va Dmitriy Tixonovlar bor.

Uchala faol 2015 yil davomida O‘zbekiston paxta dalalarida avj olgan majburiy mehnat vaziyatini monitoring qilishda ko‘rsatgan jasorati va mamlakat paxtachiligida ildiz otgan majburiy mehnat tizimini yo‘q qilish yo‘lidagi urinishlari uchun taqdirlandi.

Bunday faoliyati uchun uchala huquq faoli ham hukumatning qattiq bosimiga uchradi – O‘ktam Pardaev16 noyabrda hibsga olinib¸ O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 140-moddasi 2-qismi (haqorat qilganlik), 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) va 211-moddasi 2-qismi (pora berganlik) bilan ayblandi. Xalqaro bosim ostida hukumat Pardaevni 11 yanvar kuni sudi zalidan ozod qilishga majbur bo‘ldi.

Dmitriy Tixonov esa¸ O‘zbekiston huquq tizimlari tomonidan uyushtirilgan turli fitna va tazyiqlar ostida yaqinda mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi.

Ozodlik bilan suhbatda jizzaxlik huquq faoli o‘zi va hamkasblari murakkab sharoitda o‘tkazgan monitoring tufayli hukumat majburiy mehnat vaziyatini sal yumshatishga harakat qilgani¸ ammo tuzum majburiy va qariyb tekin mehnatdan voz kechish qarorida ekanini ko‘rsatuvchi biror islohotga qo‘l urmaganini aytadi:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:31 0:00
Бевосита линк

Jizzaxlik huquq faoli O‘ktam Pardaev bilan suhbat edi. Xalqaro mehnat haqlari forumi 1 mart kuni Mehnatkashlar haqlari himoyachilari xalqaro mukofotining 2016 yilgi sovrindorlari nomini e’lon qildi. Mukofotlanganlar orasida eshitganingiz kabi o‘zbekistonlik huquq faollari Yelena Urlaeva¸ O‘ktam Pardaev va Dmitriy Tixonovlar bor. Mazkur mukofotni topshirish marosimi may oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston hukumati bilan chiqish vizasi olish uchun tortishib kelayotgan O‘ktam Pardaevning bu marosimda qatnashish imkoni hozircha mavhumligicha qolmoqda.

XS
SM
MD
LG